Turkiya Istanbul konvensiyasidan chiqdi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Yevropa Kengashining ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Istanbul konvensiyasidan chiqish to’g’risidagi farmonga imzo chekdi.

1606016

"Turkiya tomonidan 2011 yil 11 mayda imzolangan Yevropa kengashining ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyasining Turkiya Respublikasiga nisbatan amal qilishi to‘xtatiladi", - deyiladi hujjatda. 

Shu bilan birga, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘ktay Turkiya respublikadagi barcha ayollarning huquqlarini himoya qilishda davom etishini bildirdi.

Hozirda konvensiyani 47 mamlakatdan 18tasi ratifikatsiya qilgan. Konvensiyada zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha minimal standartlar bayon etilgan. 

Tanlangan kalimalar: #Istanbul konvensiyasi , #Turkiya

Aloqador xabarlar