Ibrohim Kalin S-400 majmualariga AQShning munosabati haqida bayonot berdi

Ibrohim Kalin: “Qo’limizdagi S-400 majmualari NATO mudofaa tizimiga integratsiya qilinmaydi va natijada NATO mudofaa tizimiga tahdid soladigan pozitsiyada bo’lmaydi”,-dedi.

1597250
Ibrohim Kalin S-400 majmualariga AQShning munosabati haqida bayonot berdi

 

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Turkiya Rossiyadan xarid qilgan S-400 majmualari NATO mudofaa tizimiga integratsiya qilinmasligini bildirdi.

U bu haqda “Bloomberg”ga bergan intervyusi chog’ida ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, Turkiya va AQSh o’rtasiga 3ta masala tufayli nifoq solingan.

AQShning YPG/PYD terror guruhlariga berilayotgan yordamlar, S-400 majmualar va CAATSA sanksiyalari hamda Fathulloh Gulen harakati yetakchisining AQShda bemalol yashashiga ruxsat berilishi shular jumlasidandir.

Ibrohim Kalinning ta’kidlashicha, afsuski shu kungacha ushbu mojaroli masalalarga biron yechim topilmagan. Bu muammolar Turkiyaning milliy xavfsizlik xavotirlarining bosh markazini tashkil qiladi.

“AQSh siyosatchilarining tushunib yetishi zarur bo’lgan narsa, bularning biz uchun qanchalik ahamiyatli ekanini idrok qilishidir”,-deb aytgan Ibrohim Kalin.

Turkiya S-400 majmualarini xarid qilishga bir kunda qaror bermaganligini aytgan Ibrohim Kalin: “Qo’limizdagi S-400 majmualari NATO mudofaa tizimiga integratsiya qilinmaydi va natijada NATO mudofaa tizimiga tahdid soladigan pozitsiyada bo’lmaydi”,-dedi.

Turkiya Patriot raketalar bilan bir qatorda, Fransiya-Italiya hamkorligida ishlab chiqarilgan SAMP/T raketalaridan ham xarid qilmoqchi ekanligini tilga olgan Ibrohim Kalin: “Biroq Fransiya Suriyani bahona qilib, bunga to’sqinlik qilmoqchi. Fransiya bilan xaridni tezlashtirish uchun muzokaralarni davom ettiryabmiz”,-dedi.

Ibrohim Kalin AQShning yangi hukumati bilan ham aloqa o’rnatilganligini aytib, “Jo Baydenning bir qator ichki siyosat masalalari bo’yicha o’ta mashg’ul ekanini bilamiz. Biz ular bilan aloqa o’rnatdik. Taassurotlar yaxshi. Ikki davlat rahbarlari yaqinda uchrashadilar”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #S-400 , #AQSh

Aloqador xabarlar