Bugun Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

Prezident saroyida bo’lib o’tadigan mazkur yig’ilish global xatar – koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga bag’ishlangan.

1592530
Bugun Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

 

Bugun Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

Prezident saroyida bo’lib o’tadigan mazkur yig’ilish global xatar – koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga bag’ishlangan.

Yig’ilishda koronavirusga qarshi kurashish doirasida ba’zi viloyatlarda bosqichma-bosqich normal hayotga qaytish tafsilotlari muhokama qilinadi.

Maktablarda yuzma-yuz ta’limni boshlash, restoran va kafelarning ochilishi, shuningdek dam olish kunlari joriy etilgan komendantlik soatini davom ettirib, yoki ettirmaslik masalasi ko’rib chiqiladi.

Bundan tashqari, mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiya kompaniyasining qanday olib borilayotgani ko’zdan kechiriladi. O’z navbatida Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayoni, Xitoy va Germaniyaga buyurtma berilgan vaksinalar bo’yicha bugungi holat ko’rib chiqiladi.

Koronavirusga qarshi kurash bo’yicha komissiya tavsiyalari doirasida bir qator yangi qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #vazirlar kengashi , #Turkiya

Aloqador xabarlar