Erdo’g’an Rashid Meredov va Jayxun Bayramovni qabul qildi

Turkmaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari samimiy qabul hamda mamlakatlarning ko‘p qirrali munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratayotgan e'tibori uchun Turkiya prezidenti Erdo'g'anga minnatdorlik bildirdilar.

1589660
Erdo’g’an Rashid Meredov va Jayxun Bayramovni qabul qildi
meredov-erdogan.jpg
ceyhun bayramov-erdogan.jpg

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Kecha bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka doir barcha masalalar hal etilib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ta’kidlandi. Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik kabi sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan hujjatlar yuqori baholandi.

Xususan, mazkur kelishuvlarni amalda bajarish, savdo aylanmasini ko‘paytirish va biznes uchun qulay muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. Erdo’g’an Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini, buning uchun barcha zarur sharoit yaratilishini ta’kidladi. 

Erdo’g’an va Rashid Meredov o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv yarim soat davom etdi.

 

Turkiya prezidenti Erdo’g’an Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi.

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan uchrashuv yarim soat davom etdi.

Jayxun Bayramov samimiy qabul hamda mamlakatlarning ko‘p qirrali munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratayotgan e'tibori uchun Turkiya prezidentiga minnatdorlik bildirib, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.



Aloqador xabarlar