Mavlud Chavusho’g’li Turkmaniston TIV rahbari Rashid Meredov bilan uchrashdi

Vazirlar Tashqi ishlar vazirligida bo’lib o’tgan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlardan so’ng qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

1589590
Mavlud Chavusho’g’li Turkmaniston TIV rahbari Rashid Meredov bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha 23 fevral kuni amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

Vazirlar Tashqi ishlar vazirligida bo’lib o’tgan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlardan so’ng qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda Chavusho’g’li Rashid Meredovga qarab “Ikkinchi vataningizga xush kelibsiz hurmatli inim” deb so’z boshladi. U avvalo Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklab, birodar turkman xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Koronavirusning global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq murakkab sharoitda ikki davlat pandemiyaga qarshi kurashish, jahon iqtisodiy va epidemiologik inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda bir-biriga har tomonlama yordamlashgani va amaliy ko‘mak ko‘rsatgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Global pandemiya tufayli yuzaga kelgan vaziyat va qiyinchiliklarga qaramay, barcha sohalardagi faol almashinuvlar davom ettirildi. Ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari sezilarli o‘sishiga erishildi, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qator yirik loyihalar va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yildi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga bundan buyon ham qatʼiy intilishlari va bu borada hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirishlarini tasdiqladilar.

Kelgusida rejalangan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olindi.

Mavlud Chavusho’g’lining ta’kidlanishicha, Prezident Erdo’g’an Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning taklifiga binoan Turkmanistonga rasmiy ziyorat amalga oshirish istagini tilga olgan. Shu munosabat bilan Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig’ilishini Turkmanistonda o’tkazish taklifini ilgari surdi.

Turk firmalarining Turkmanistonda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishda ko’rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan Chavusho’g’li: “Kelgusida imzolanadigan shartnomalar doirasida imtiyozli savdo bo’yicha muzokaralarni yo’lga qo’ymoqchimiz”,-dedi.

Turk Havo Yo’llari pandemiya tufayli Turkmanistonga aviaqatnovlarni to’xtatganligini eslatgan Mavlud Chavusho’g’li, yaqin kunlarda pandemiya sharoitiga mos ravishda aviaqatnovlarni qayta yo’lga qo’yish uchun Turkmanistondan imkoniyat yaratishini iltimos qildi.

Mavlud Chavusho’g’li butun mintaqa davlatlari bilan aloqalarga hissa qo’shadigan, ayniqsa Kaspiy dengizida Turkmaniston bilan Ozarbayjon o’rtasida tuzilgan kelishuvdan Turkiya bag’oyat mamnun ekanligini tilga oldi.

Turk firmalari mintaqada hamkorlikka tayyor ekanligiga e’tibor qaratgan Mavlud Chavusho’g’li: “Turkmaniston gazining Turkiya orqali Yevropaga yetkazilishi uchun zimmamizga tushgan mas’uliyatni bajarishga tayyormiz”,-dedi.

Muzokaralar doirasida Turkiya va Turkmaniston o’rtasida 2021-2022 yilga doir hamkorlik protokoli imzolandi.


Tanlangan kalimalar: #Rashid Meredov , #Turkmaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar