Turkiya Niger hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Kecha Niger g’arbida joylashgan Tillaberi hududida Markaziy saylov komissiyasi vakillarini olib ketayotgan avtomobil yo’lga joylashtirilgan mina ustidan o’tgan. Natijada avtomobil portlab ketgan va saylov komissiyasining 7 nafar xodimi fojiali jon bergan.

1588056
Turkiya Niger hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Niger Respublikasida Markaziy saylov komissiyasiga tegishli avtomobilga sodir etilgan portlashda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Niger Respublikasida bo’lib o’tgan prezident saylovining ikkinchi bosqichida Markaziy saylov komissiyasiga tegishli avtomobilning portlashi oqibatida saylov komissiyasining 7 nafar xodimi halok bo’lganligidan boxabar bo’ldik. Do’st va qardosh Niger xalqi va hukumatining qayg’usiga sherikmiz. Halok bo’lganlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deyiladi bayonotda.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, kecha Niger Respublikasi g’arbida joylashgan Tillaberi hududida Markaziy saylov komissiyasi vakillarini olib ketayotgan avtomobil yo’lga joylashtirilgan mina ustidan o’tgan. Natijada avtomobil portlab ketgan va saylov komissiyasining 7 nafar xodimi fojiali jon bergan, 3 kishi og’ir yaralangan.


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #Niger , #Turkiya

Aloqador xabarlar