Turkiya va Efiopiya diplomatik munosabatlarining 125 yilligini nishonladi

Shu munosabat bilan 15 fevral kuni Anqarada Efiopiya elchixonasining yangi binosi tantanali ravishda xizmatga topshirildi. Tadbirda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan Efiopiya tashqi ishlar vaziri Demeke Mekonnen ishtirok etdi.

1584995
Turkiya va Efiopiya diplomatik munosabatlarining 125 yilligini nishonladi

 

Turkiya Efiopiya bilan Sudan o’rtasidagi chegara muammolarini hal qilishda ro’l o’ynaydi.

Rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Efiopiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Dina Mufti Efiopiya hukumati Sudan bilan mamlakati o’rtasidagi chegara kelishmovchiliklarini hal qilishda Turkiyaning o’rtamchilik qilishini mamnuniyat bilan qabul qilishini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Sudan bilan mamlakati o’rtasida urush ostonasiga olib kelgan Fashka hududidagi chegara muammolarini diplomatik yo’l bilan hal qilish mumkin.

“Urush kun tartibimizda bo’lmagan mavzu. Agar Turkiyadan ikki mamlakat o’rtasidagi mojarolarni hal qilishga hissa qo’shish bo’yicha taklif kelsa, Efiopiya bajonidil qabul qiladi”,-deb aytgan Dina Mufti.

Ta’kidlash joizki, Turkiya va Efiopiya 15 fevral kuni diplomatik munosabatlarining 125 yilligini keng nishonladi.

Shu munosabat bilan 15 fevralda Turkiya poytaxti Anqarada Efiopiya elchixonasining yangi binosi tantanali ravishda xizmatga topshirildi.

Tadbirda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan Efiopiya tashqi ishlar vaziri Demeke Mekonnen ishtirok etdi.


Tanlangan kalimalar: #Efiopiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar