Erdo’g’an raisligida Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

Mazkur yig’ilishda Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Turk qo’shinining Ozarbayjon, Liviya va Suriyadagi faoliyatlari, shuningdek terrorizmga qarshi kurash va boshqa strategik masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

1572686
Erdo’g’an raisligida Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

 

Bugun Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

Mazkur yig’ilishda Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Turk qo’shinining Ozarbayjon, Liviya va Suriyadagi faoliyatlari, shuningdek terrorizmga qarshi kurash va boshqa strategik masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Turkiya va Gretsiya o’rtasida Egey va Sharqiy O’rta yer dengizidagi chegaralarini belgilash bo’yicha muzokaralar yig’ilish kun tartibining eng dolzarb mavzulardan biri bo’ladi.

Bu doirada Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Sharqiy O’rta yer dengizidagi manfaatlari bo’yicha rejalar ko’zdan kechirilishi tahmin qilinmoqda.

Bundan tashqari, Suriyadagi vaziyat, turk qo’shinining Ozarbayjon va Liviyada olib borayotgan faoliyatlari, shuningdek Turkiya janubida olib borilayotgan terrorizmga qarshi kurash jarayoni, terror tashkilotlari PKK, YPG, DEASh va Fathulloh Gulen harakatiga qarshi mamlakat hududlarida va chegara ortida olib borilayotgan harbiy operatsiyalar va uning natijalari ko’rib chiqiladi.



Aloqador xabarlar