Turkiya prezidenti Erdo’g’an Ilon Mask bilan muloqot qildi

Ta’kidlanishicha, suhbat chog’ida Turkiyadagi davlat va xususiy sektordagi tashkilotlar bilan kompaniya o’rtasida fazo texnologiyalari bo’yicha hamkorlikka doir xususlar muhokama qilingan.

1572471
Turkiya prezidenti Erdo’g’an Ilon Mask bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Tesla va SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask bilan telefon orqali muloqot qildi.

Erdo’g’an muloqot tafsiloti haqida Bip va Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, suhbat chog’ida Turkiyadagi davlat va xususiy sektordagi tashkilotlar bilan kompaniya o’rtasida fazo texnologiyalari bo’yicha hamkorlikka doir xususlar muhokama qilingan.

“Dunyodagi yangi texnologiyalarni yaqindan kuzatib boramiz va xalqimiz manfaati uchun bu sohada yo’lga qo’yilgan har qanday tashabbusni qo’llab-quvvatlashda davom etamiz”,-deb yozgan Erdo’g’an Telegram’dagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #SpaceX , #Ilon Mask , #Turkiya

Aloqador xabarlar