Chavusho‘g‘lu: “Turk kemachilarini og‘irlagan qaroqchilardan hali hanuz xabar yo‘q”.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) da matbuot anjumani uyushtirdi.

1570581
Chavusho‘g‘lu: “Turk kemachilarini og‘irlagan qaroqchilardan hali hanuz xabar yo‘q”.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Gvineya ko‘rfazida kema ekipajlarini og‘irlagan qaroqchilarning hali hanuz hechkim bilan aloqa o‘rnatmaganini ma’lum qildi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) da matbuot anjumani uyushtirdi.

Chavusho‘g‘lu unda,

“Yurttoshlarimizga qarshi hujum uyushtirilgandi. O‘n besh fuqaromiz qaroqchilar tomonidan og‘irlandi. Kema toza, xavfsizlik masalasi ustidan hech qanday muammo yo‘q. Fuqarolarimizdan biri tan jarohati oldi lekin ahvoli yaxshi”. - dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning jarayonni boshidan beri kuzatganini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu,

“Bugungacha qaroqchilardan hech qanday xabar yo‘q. Mintaqa davlatlarining hammasi bilan aloqa o‘rnatdik”. - deya gapirdi.

Liberiya bayrog‘i ilingan va “Mozart” deb nomlangan kema kecha Nigeriyaning Lagos shahri qirg‘og‘idan qariyb 180 mil uzoqlikda dengiz qaroqchilari tomonidan hujumga uchradi.  

Nigeriyaning Lagos shahrida Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga qarab yo‘l olgan kemadagi 19 kishilik ekipajdan ozarbayjonlik bir kishi o‘ldirilar ekan, 15 kishi og‘irlandi.

Omon qolgan 3 ekipaj kecha Gabonning Gentil portida langar tashladi.  



Aloqador xabarlar