Mavlud Chavusho’g’li Belgiyada Yevroittifoq mulozimlari bilan uchrashdi

Bo’lib o’tgan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya bilan Yevroittifoq munosabatlari muhokama qilindi.

1568681
Mavlud Chavusho’g’li Belgiyada Yevroittifoq mulozimlari bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Belgiyaga tashrifi chog’ida Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha maslahatchisi Jozep Borrel, Yevroittifoq komissiyasi rahbari Ursula Von Der Leyen va uning o’rinbosari Margaritis Schinas, Yevrokomissiyaning ichki ishlardan mas’ul a’zosi Ylva Yohansson, qo’shnichilik siyosati va kengayishdan mas’ul a’zosi Oliver Varhelyi bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya bilan Yevroittifoq munosabatlari muhokama qilindi.

“Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish jarayonini tezlashtirish zarur. Shuningdek, bojxona ittifoqi shartnomasini yangilash va vizani bekor qilish zarur. Tartibsiz migratsiya va terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni jonlantirishimiz zarur. Yevropada avj olgan irqchilik, millatchilik va islomga qarshi salbiy munosabatni tubdan bartaraf etishimiz kerak”,-deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Mavlud Chavusho’g’li Jozep Borrel bilan bo’lgan uchrashuvida, “Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya munosabatlarida yangi sahifa ochishni xohlaymiz. 2016 yil 18 martda imzolangan memorandumni qayta yangilash zarur. Manfaatli hamkorlik uchun birgalikda faoliyat olib borishimiz zarur”,-deya ta’kidladi.

Yevroittifoq mulozimlari ham Turkiya bilan munosabatlarda ijobiy qadam tashlash vaqti yetib kelganligini ta’kidlashdi.

“Yevroittifoq Turkiya bilan qadriyatlar va tamoyillarga asoslangan hamkorlik va o’zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor. Jozep Borrel va Mavlud Chavusho’g’li o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv bu jihatdan o’ta samimiy, konstruktiv va chuqur fikr almashish imkoniyatini yaratdi”,-deb bayonot beradi Yevroittifoqining tashqi aloqalar bo’yicha markazi.



Aloqador xabarlar