Chavusho‘g‘lu: “Pokiston bilan aloqa va hamkorligimizni yana-da mustahkamlaymiz”.

Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan kecha Pokistonda bo‘lar ekan u yerda Turkiyaning Karachi Bosh konsulxonasining yangi xizmat binosi ochilishida nutq so‘zladi.

1563978
Chavusho‘g‘lu: “Pokiston bilan aloqa va hamkorligimizni yana-da mustahkamlaymiz”.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kelasi davrda Pokiston bilan bo‘lgan aloqalarni yana - da orttirishlarini belgilab o‘tgan holda,

“Mudofaa sanoati bosh bo‘lish bilan birga har tarmoqda Pokiston bilan aloqa va hamkorligimizni yana - da mustahkamlaymiz”. - dedi.

Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan kecha (14.01.2021) Pokistonda bo‘lar ekan u yerda Turkiyaning Karachi Bosh konsulxonasining yangi xizmat binosi ochilishida nutq so‘zladi.

Turk xalqi bilan Pokiston xalqi o‘rtasida tarix, din va ishonch sherikligi borligini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu, Ozodlik kurashi davrida Pokistonning turk xalqiga bergan yordamini hech unutmaganliklarini qayd etdi.

Karachining Pokistonning savdo markazi ekanini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu, bu yerning asrlardan buyon Ipak yo‘li markazida, Janubiy Osiyoning eng strategik nuqtasida joylashgan shaharlardan biri ekanini ta’kidladi.

Chavusho‘g‘lu, Karachining keng inson manbaasiga ega dinamik shahar ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etgan holda,

“Shu bois ham dunyodagi eng yirik konsulxona xizmat binolaridan birining Karachida ekani tasoduf emasdir”. - dedi.

Chavusho‘g‘lu, xizmat binosining faqatgina bu yerda yashagan turklar uchun emas ayni vaqtda Pokiston xalqi uchun ham xizmat berishini bildirdi.

Sindh shtati Bosh vaziri Murod Ali Shoh esa marosimda so‘zlagan nutqida, yangi xizmat binosining ochilishi nafaqat Turkiya balki Pokiston uchun ham muhim ekanini ta’kidladi va buning ikkala mamlakat o‘rtasida anchadan beri davom etgan munosabatlar ramzi ekaniga e’tibor qaratdi.

Sindh shahar hokimi Imron Ismoil esa yangi xizmat binosi bilan birga Karachidagi turk investorlar sonining ortishini qayd etdi.

Ismoil, dunyoning o‘zgarayotgani va Turkiyaning yangi turdagi texnologiya markazi sifatida tanilayotganini yodga solgan holda, turk investorlarni Pokistonga taklif qildi.



Aloqador xabarlar