Chavusho‘g‘lu, Turkiya - Yevropa ittifoqi munosabatlariga to‘xtaldi

Mevlut Chavusho‘g‘lu Yevropa davlatlarining Anqaradagi elchilari bilan Chankaya ko‘shkida uchrashuv o‘tkazdi.

1562239
Chavusho‘g‘lu, Turkiya - Yevropa ittifoqi munosabatlariga to‘xtaldi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiyaning kelajagini Yevropada tasavvur qilganliklari va buni birgalikda yaratish niyatida ekanliklarini bildirdi.  

Chavusho‘g‘lu Yevropa davlatlarining Anqaradagi elchilari bilan Chankaya ko‘shkida uchrashuv o‘tkazdi.

Chavusho‘g‘lu unda so‘zlagan nutqida 2021 - yilning birdamlik, ko‘p tomonlilik, diplomatiya va muloqat yili bo‘lishini tiladi.

Turkiya - Yevropa ittifoqi munosabatlariga ham to‘xtalgan Tashqi Ishlar vaziri, islohot kun tartibida qarorli ekanliklarini eslatib o‘tgan holda,

“Yevropa ittifoqi bizni qo‘llab - quvvatlashi lozim. Kelajagimizni Yevropada tasavvur qilyapmiz va buni birgalikda yaratish niyatidamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar