Turkiya, Xorvatiyaga hamdardlik bildirdi

Turkiya, yuz bergan yer silkinishi tufayli Xorvatiyaga hamdardlik bildirdi.

1554358
Turkiya, Xorvatiyaga hamdardlik bildirdi

Turkiya, yuz bergan yer silkinishi tufayli Xorvatiyaga hamdardlik bildirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Xorvatiyaning Petrinja shahrida yuz bergan 6.4 magnitudali yer silkinishi haqidagi voqeadan chuqur qayg‘u bilan xabardor bo‘lingani qayd etildi.

Bayonotda,

“Xorvat do‘stlarimizning dardiga sherikmiz. Xorvatiya xalqi va yer silkinishida vafot etganlar oilasiga ta’ziya izhor etamiz”. - deyildi.

Falokat vaqtlarida xalqaro hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratilgan bayonotda, Xorvatiya xalqiga har qanday yordamni berishga tayyor ekanligi ham qayd etildi.

Shu bilan birga, Petrinja shahrida kecha mahalliy vaqt bilan soat 12:20 da yuz bergan yer silkinishida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. 

Yer silkinishi mintaqa davlatlari Bosniya - Gertsegovina va Serbiyada ham his qilinar ekan voqea ortidan, ko‘plab takroriy seysmik silkinishlar qayd etildi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Xorvatiya , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar