Prezident Erdo‘g‘an Ilhom Aliyevni tabrikladi

Prezident Erdo‘g‘an saylov natijasi munosabati bilan Ilhom Aliyevni tabrikladi.

2099447
Prezident Erdo‘g‘an Ilhom Aliyevni tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni kecha bo‘lib o‘tgan saylovlarda erishgan muvaffaqiyati bilan tabrikladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Erdo‘g‘an Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Unda Prezident Erdo‘g‘an, prezidentlik saylovidagi g‘alabasi munosabati bilan Ilhom Aliyevni tabriklab, hamkasbiga saylov natijasining xayrli bo‘lishini tiladi.

Roppa – rosa 4 million 971 ming nafar saylovchi ovoz bergan va saylovchilarning ishtirok etish darajasi 76,73 foizni tashkil etgan saylovda Ilhom Aliyev ovozlarning 92,1 foizini olib, takror prezident etib saylandi.



Aloqador xabarlar