Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlari Olmaota shahrida uchrashadi

“Avval erishilgan kelishuvga muvofiq, 2024-yil 10-may kuni Olmaota shahrida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov va Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan oʻrtasida uchrashuvlar boʻlib oʻtadi”,-deyiladi ma'lumotda.

2135849
Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlari Olmaota shahrida uchrashadi

 

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov va Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan mamlakatlar o’rtasida davom etayotgan tinchlik kelishuvi muzokaralari doirasida 10-may kuni Qozog’istonning Olmaota shahrida uchrashadi.

Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxan Hojizoda X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

“Avval erishilgan kelishuvga muvofiq, 2024-yil 10-may kuni Olmaota shahrida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov va Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan oʻrtasida uchrashuvlar boʻlib oʻtadi”,- deydi u.

Qozog‘iston prezidenti Qosım Jo'mart-Tokayev 1 may kuni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik bitimini ta'minlash bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishlaganini ma’lum qildi.

Tokayev 15 aprel kuni Armaniston poytaxti Yerevanga tashrifi chog‘ida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini qo‘llab-quvvatlashini va bu borada yaxshi niyat missiyasini zimmasiga olishga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar