Turkiya va Ozarbayjon mushtarak harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi

Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etuvchi turk askarlari bilan samolyotlar Ozarbayjonga jo‘nab ketdi.

2052162
Turkiya va Ozarbayjon mushtarak harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi

Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlari 23 - 25 ​​oktabr kunlari Ozarbayjonda mushtarak harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etuvchi turk askarlari bilan samolyotlar Ozarbayjonga jo‘nab ketdi.

«Mustafa Kemal Ataturk - 2023» nomli mashg‘ulot Boku, Naxchivon va ishg‘oldan ozod etilgan hududlarda bo‘lib o‘tadi.



Aloqador xabarlar