Hajiyev: Rossiyaning oziq-ovqat yuklari Ag‘dam - Askeran yo‘li orqali yetkazib beriladi

Hikmet Hajiyev, Rossiyaning insonparvarlik yordami armanlarga qanday yetkazib berilishiga e'tibor qaratdi.

2035287
Hajiyev: Rossiyaning oziq-ovqat yuklari Ag‘dam - Askeran yo‘li orqali yetkazib beriladi

Ozarbayjon prezidenti maslahatchisi Hikmet Hajiyevning ma’lum qilishicha, Rossiya Qizil xoch tashkiloti tashabbusi bilan oziq - ovqat yuklari, 10 - sentabr kuni Ozarbayjon Qizil Yarim oy jamiyati bilan kelishilgan holda Ag‘dam - Askeran yo‘li orqali Xonkendi tomon yo‘l oladi.

Mavzu haqida, “Bu alohida kelishuv boʻlib, Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasi yuklarini yetkazib berish uchun bir vaqtning o‘zida Ag‘dam - Xonkendi va Lochin - Xonkendi yoʻllarini ochish taklifi bilan chalkashmaslik kerak”. – degan Hajiyev:

Ozarbayjon 1 – sentabr kuni “yaxshi niyat” sifatida Ag‘dam - Xonkendi va Lochin - Xonkendi yo‘llarining bir vaqtning o‘zida ochilishiga rozi bo‘lganiga e’tibor qaratib, Qorabog‘dagi noqonuniy rejim buni rad etganini bildirdi.

Hajiyev, Lochin nazorat nuqtasida Ozarbayjonning bojxona va chegara nazorat rejimiga amal qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Qorabog‘dagi soxta tuzumning saylovlarini “soxta va uydirma” degan so‘zlar bilan tanqid qilgan Hajiyev:

“Noqonuniy qoʻgʻirchoq rejimni yoʻq qilish va qurolsizlantirish kerak. Qorabog‘da arman va ozarbayjonlik aholi yashay oluvchi tinchlik o‘rnatishning yagona yo‘li shudir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar