Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida Turkiya-O‘zbekiston manfaatlari mushtarakdir

Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktash O'zbekistonning Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Osiyo xotin-qizlar forumi”ning ochilish marosimidan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.

2139031

Mahinur xonim forumga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning maxsus mehmoni sifatida tashrif buyurganini ma’lum qildi.

U Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida xotin-qizlar, oila, bolalar va ijtimoiy masalalarda ham hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini, bu borada ikki davlat manfaatlari mushtarak ekanligini ta’kidladi.

“Turkiy davlatlar har doim xotin-qizlarni himoya qilish, oila mustahkamligini ta’minlashga katta e’tibor qaratib kelgan. Bugungi forum xorijliklarni Turkiyada Prezident Rajab Tayyip Erdo'g‘an boshchiligida xotin-qizlarning huquqini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida xabardor qilish imkonini berdi. O‘z navbatida bugungi kunda butun dunyoda tahdidlar, qiyinchiliklar, tazyiqlarga uchrab kelayotgan qizlar, ayollarga yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi harakatlarni yanada kuchaytirish tarafdoriman. O‘zbekiston bu borada o‘z qat’iy pozisiyasi ega ekanligini isbotlab kelmoqda”,- dedi Mahinur O‘zdemir Go‘ktash.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar