Turkmaniston: “Transkaspiy tabiiy gaz quvuri qurilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar yo‘q”.

Turkmaniston Tashqi Ishlar vazirligi, turkman tabiiy gazining Gʻarbga yetkazib berilishi loyihasining amalga oshirilishi bilan bogʻliq xalqaro matbuotda o‘rin olgan sharhlarga internet sayti orqali bayonot berdi.

2016049
Turkmaniston: “Transkaspiy tabiiy gaz quvuri qurilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar yo‘q”.

Turkmaniston Transkaspiy tabiiy gaz quvuri qurilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy omillar yo‘qligini ma’lum qildi.

Turkmaniston Tashqi Ishlar vazirligi, turkman tabiiy gazining Gʻarbga yetkazib berilishi loyihasining amalga oshirilishi bilan bogʻliq xalqaro matbuotda o‘rin olgan sharhlarga internet sayti orqali bayonot berdi.

Turkmaniston Transkaspiy quvurini qurish g‘oyasini amalga oshirishga harakat qilayotgani ta’kidlangan bayonotda:

“Shu maqsadda Turkmaniston, Ozarbayjon va Yevropa ittifoqi oʻrtasida tegishli energetika idoralari rahbarlaridan iborat uch tomonlama qoʻshma mexanizm tashkil etildi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Yevropa ittifoqining Transkaspiy tabiiy gaz quvuri loyihasini “istiqbolli” loyihalar qatoriga kiritishi “tabiiy” ekani ifoda etilgan bayonotda, ushbu quvur liniyasi qurilishi amaliy jihatdan davom etayotgani ta’kidlandi.

Vazirlik bayonoti shuningdek:

“Turkmaniston tabiiy gaz quvuri qurilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy omillar yo‘qligiga ishonadi. Aksincha, Transkaspiy quvuri iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. Yevroosiyoda energiya xavfsizligini ta’minlashga sezilarli hissa qo‘shishi mumkin. Yevropalik iste’molchilar uchun ham xomashyo resurslaridan uzoq muddatli va uzluksiz foydalanishni ta’minlovchi, o‘tish tomonining ochiq foydalari va manfaatlarini kuzatgan real loyihadir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar