Qozog‘istondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni aniqlandi

Qozog‘istonda 2-yanvar kuni boshlagan namoyishlarda halok bo‘lganlar soni aniqlandi.

1764038
Qozog‘istondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni aniqlandi

Qozog‘istonda 2-yanvar kuni suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi boshlagan va qisqa vaqt ichida avj olgan namoyishlar oqibatida Olmotada 149 kishining hayotdan ko‘z yumgani xabar qilindi.

Qozog‘iston politsiyasi departamenti ham 2300 kishi hibsga olinganini bildirdi.

Olmaota Bosh prokuraturasi 405 jinoiy ish bo‘yicha tergov olib borilayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz bugungacha:

Prezident Qasim Jomart Toqayevning qarori bilan Qozog‘istonning asoschisi Nursulton Nazarboyevning jiyani Samat Abish, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev ham, “Atameken” nomidagi milliy tadbirkorlar palatasi raisi lavozimidan iste’foga chiqishini bayon etdi.

Qozog‘istondagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti doirasidagi Tinchlikparvar kuchlarining bir qismi mamlakatni tark etdi.

Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston askarlari harbiy texnikalari bilan o‘z yurtlariga qaytdi.

Shuningdek, Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonning avvalgi nomi Ostonaga qaytarilishi uchun minglab imzolar to‘plandi.

 



Aloqador xabarlar