O‘zbekiston Qozog‘istonning turli shaharlariga aviaqatnovlarini takror boshlatadi

Qozog‘istondagi oxirgi vaziyatlar yuzasidan vaqtinchalik to‘xtatilgan aviaqatnovlar ertadan boshlab takror yo‘lga qo‘yila boshlaydi.

1762665
O‘zbekiston Qozog‘istonning turli shaharlariga aviaqatnovlarini takror boshlatadi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2022-yil 15-yanvardan boshlab, Toshkent-Olmaota-Toshkent, Samarqand-Olmaota-Samarqand, Nukus-Aktobe-Nukus, Urganch-Oqtov-Urganch, Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Olmaota xalqaro aeroporti xalqaro qatnovlarni soat 08:00 dan 21:00 gacha (Olmaota vaqti bilan) qabul qiladi. Shu munosabat bilan Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-765/766 qatnovi 16-yanvar kuni bekor qilinadi.

Mazkur parvoz yo‘lovchilari 17-yanvar kuni Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-763/764 aviaqatnovi orqali manzilga yetkaziladi.  

Olmaota va Aktobe, Oqtov shaharlarida bekor qilingan (2022-yil 7-dan 13-yanvarga qadar) qatnovlar yoʻlovchilari aviachiptaning toʻliq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa bo‘sh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga egadirlar.

Qozog‘istonga safar qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar batafsil ma’lumot uchun https://www.uzairways.com/uz/covid-19-0 havolasi va +998 78 140 02 00 raqamiga murojaat qilib, ushbu mamlakatga kirish qoidalari bilan tanishishi mumkin.

 



Aloqador xabarlar