Istanbulda migratsiya masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Tadbirda O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

1648215
Istanbulda migratsiya masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

 

Joriy yil 26 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida “Olmaota jarayoni” yuqori lavozimli rasmiylarining oltinchi yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur uchrashuvda “Olmaota jarayoni” yangi raisi strategiyasini taqdim etish, Turkiya Respublikasi raisligidagi 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash, Markaziy Osiyoda migratsiya bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan migratsiya jarayonlarini tartibga solish, noqonuniy mehnat migratsiyasini bartaraf etish sohasida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.


Tanlangan kalimalar: #Olmaota jarayoni , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar