Mustafa Shentop Mamayusupov bilan Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi vaziyatni qo‘lga oldi

TBMM raisi Mustafa Shentop TÜRKPA Bosh kotibi Altinbek Mamayusupovni qabul qildi.

1633518
Mustafa Shentop Mamayusupov bilan Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi vaziyatni qo‘lga oldi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasida yuz bergan muammolarning butunlay hal qilinishi uchun kerakli qadamlarning tashlanishi kerakligini qayd etdi.

Shentop maqomida, TÜRKPA Bosh kotibi Altinbek Mamayusupovni qabul qildi.

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida may - iyun oylarida davriy yig‘ilish o‘tkazilishi mumkinligini ifoda etgan Shentop,

“TÜRKPA tarkibidagi davlatlardan Qirg‘izistonda oxirgi vaqtlarda bir  muammo paydo bo‘ldi. Biz olgan ma’lumotga ko‘ra bu borada Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasida o‘q uzishni to‘xtatish e’lon qilindi. Xudo xohlasa bu shunday davom etadi. Ham Qirg‘iziston ham da Tojikiston, ikkalasi bilan ham do‘st va qardosh o‘lkamiz. Yuz bergan muammolarning butunlay hal qilinishi uchun kerakli qadamlarning tashlanishini xohlaymiz. Turkiya sifatida biz bu borada zimmamizga tushgan har qanday vazifani bajarishga tayyormiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

TÜRKPA tarkibidagi davlatlarning hamkorligini ta’minlashda Turkiyaning muhim roli borligini qayd etgan Mamayusupov ham,

“Turkiya bu rollari jihatidan ham oxirgi vaqtlarda samarali ish olib bormoqda. Bunga eng oxiri Ozarbayjonda guvoh bo‘ldik. Ozarbayjon tuproqlarinig qaytarib olinishida Turkiyaning o‘rni alohida o‘ringa ega”. - dedi.  

 



Aloqador xabarlar