O’zbekiston Qozog’istonga ta’ziya izhor etdi

Shavkat Mirziyoyev, Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo’mart Toqayevga ta’ziya maktubi yo’lladi.

1331104
O’zbekiston Qozog’istonga ta’ziya izhor etdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahrida ro’y bergan aviahalokat oqibatida ko’plab insonlar qurbon bo’lgani munosabati bilan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo’mart Toqayevga ta’ziya maktubi yo’lladi.

Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida ma’lumot berildi.

Unga ko’ra Prezident Shavkat Mirziyoyev halok bo’lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdartlik bildirib, jarohat olganlarning barchasining tez fursatda sog’ayib ketishini tilagan.


Tanlangan kalimalar: #Olmaota , #aviahalokat

Aloqador xabarlar