Muhammadkali Abilgaziyev Qirg’izistonning yangi Bosh vaziri etib saylandi

Muhammadkali Abilgaziyev Qirg’iziston parlamentining ovoz berishi ortidan mamlakatning yangi Bosh vaziri etib saylandi.

956286
Muhammadkali Abilgaziyev Qirg’izistonning yangi Bosh vaziri etib saylandi

Muhammadkali Abilgaziyev Qirg’iziston parlamentining ovoz berishi ortidan mamlakatning yangi Bosh vaziri etib saylandi.  

Qirg’izistonning siyosiy tarixida birinchi marotaba parlamentga ishonch bildirolmagan Bosh vazir Sapar Isaqov yetakchilik qilgan koalitsiya hukumatining tarqab ketishi ortidan parlamenttagi fraktsiya liderlari yangi koalitsiyani tuzish faoliyatini tamomladi. 

Sotsial-demokratik partiyasi lideri Isa O’murkulov, navbatdan tashqari yig’ilishda so’zlagan nutqida, respublika parlamentidagi hukmron koalitsiyaga shu jumladan “Sotsial-demokratik” partiyasi, “Qirg’iziston” partiyasi va “Bir Bo’l” partiyasidan tashkil topgan koalitsiyaga “Ata-meken” partiyasining ham kiritilganligini ma’lum qildi.

O’murkulov, Bosh vazirlik laovzimiga parlament tashqarisidan Qirg’iziston Prezidenti apparati rahbari Muhammadkali Abilgaziyevni nomzod etib ko’rsatish haqida qaror qabul qilganliklarini qayd etdi.

Hukumat dasturi va tuzilishi tanishtirilganidan keyin parlament yangi Bosh vazirni, dasturini, hukumat tuzilishini va vazirlar kengashini alohida-alohida tasdiqladi.

Abilgaziyevni Bosh vazir etib saylash yoki saylamaslik masalasi jami 120 o’rinli parlament yig’ilishida ovozga qo’yilar ekan, bunda ishtirok etgan 115 deputatning hammasi Abilgaziyevni Bosh vazirlik uchun maqulladi.  

Abilgaziyevning taklifiga ko’ra hukumatning avvalgi a’zolarining yarmi o’zgartirildi, yarmi esa o’z o’rnini saqlab qolgan.

Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Abilgaziyev Muhammadkali Duyshekeyevichni Qirg’iziston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlash to’g’risidagi farmonini imzoladi. 

 

 

 



Aloqador xabarlar