Turk olamidan xabarlar 39-qism

Shu yilning 17 sentyabr kuni Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkmanistonga tashrif buyurdi.

815382
Turk olamidan xabarlar 39-qism

 

Birinchi xabarimiz Qozog’istondan olingan.

Shu yilning 17 sentyabr kuni Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkmanistonga tashrif buyurdi.

Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimiga qatnashgan Nursulton Nazarboyev mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashdi.

Berdimuhammedov uchrashuv chog’ida, qimmatli vaqtini ayamasdan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimiga tashrif buyurgan Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazaboyevga minnatdorchilik bildirdi.

Nursulton Nazarboyev ham V Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gurbanguli Berdimuhammedovni taqdirlar ekan, Turkmanistonda xalq xizmatiga topshirilgan juda ko’p sport majmualari bunyod etilganiga e’tibor qaratdi.

Mana shunday tadbirlar Turkmanistonni dunyoga tanitishda katta ro’l o’ynashini tilga olgan Nazarboyev Qozog’iston ham bu yil 28-Jahon qishki universiada o’yinlariga mezbonlik qilganini eslatdi.

Nazarboyev ochilishdan so’ng, Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlariga Qozog’istondan qatnashayotgan terma jamoa vakillari bilan uchrashdi va ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlab o'tganimizdek, 17 sentyabr kuni Ashxobod shahrida Jang san'ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Hozirda Turkmaniston poytaxtida mazkur nufuzli musobaqa katta hayajon bilan davom etmoqda.

E'tiborli jihati shundaki, musobaqada birinchi marta 64 mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. Ularning 45 tasini Osiyo davlatlari tashkil etsa, Okeaniya mintaqasidan ham 19 ta mamlakat vakillari Ashxoboddagi musobaqada o'z omadlarini sinamoqda.

 

Navbatdagi xabarimiz O’zbekistondan olingan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 22 sentabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.

Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek, vazirlar tomonidan Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil qilishda BAA ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Samarqand shahrida tashkil qilinadigan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya ham o’z hissasini qo’shishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Turkiya hukumati O’zbekistonda tashkil qilinadigan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Islom madaniyati markazini har qanday yordam bilan ta’minlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Biz ham ularga o’z minnatdorchiligimizni bildirdir”,-deydi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.

Ma’lumki, O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktyabr oyida Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Mazkur ziyorat chog’ida, ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga mustahkam zamin yaratiladi.

Tashrif davomida, tomonlar o’rtasidagi iqtisodiyot va investitsiya sohalarida o’zaro shartnomalar imzolanishini tilga olgan Abdulaziz Komilov, yangi va ulkan loyihalar rejalashtirilishini aytib o’tdi.

 

Dasturimizni Tatariston prezidentining O’zbekistonga tashrifi bilan bog’liq xabar bilan yakunlaymiz.

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov 23 sentabr kuni Samarqandga tashrif buyurdi. 

Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo'rayev kutib oldi. 

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov 24 sentabr kuni O’zbekistonning birinchi prezidenti marhum Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Samarqandning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari bilan tanishgan Rustam Minnixonov poytaxt Toshkentga keldi.

Rustam Minnixonov Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida Tatariston san`at ustalari ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qildi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan tatarlar bilan uchrashdi.

R.Minnixonov Toshkentda buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil O'zbekiston asoschisi Islom Karimov haykali poyiga gul qo'ydi. 

Shu kuni R.Minnixonov Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida tashkil etilgan O'zbekiston – Tatariston ishbilarmon doiralari vakillari qo'shma biznes-forumida qatnashdi. 

Tatariston prezidenti turli vazirlik va idoralarida uchrashuvlar o'tkazdi, Toshkentning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi. 



Aloqador xabarlar