Matbuot sharhlari 19.02.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2104133
Matbuot sharhlari 19.02.2024

                                 

Vatan gazetasi: “8 terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, terrorizmga qarshi kurash nafaqat davlat hududlarida, balki chegara ortida ham qat'iyat bilan davom etmoqda. Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi Iroq shimolidagi “Panja-Qulf” operatsiyasi hududida 8 nafar terrorist yo’q qilinganini ma’lum qildi.

 

Sabah gazetasi: “Putin: Eng ishonchli hamkorimiz Turkiya” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropani tanqid qilib, "Ular har doim Rossiya energiya manbalarini bermayapti, cheklayapti, deyishardi. Biz hech narsani cheklamaymiz, barcha narsani ta'minlaymiz. Eng ishonchli sheriklar turklar bo’ldi. Mana hozir “Turk Oqimi” orqali tabiiy gaz yetkazilmoqda” dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Vazir Kajir Saudiya Arabistoni investitsiya vaziri bilan uchrashdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fotih Kajir kecha Istanbulda Saudiya Arabistoni investitsiya vaziri Halid Al-Falih bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada yuqori darajaga olib chiqish yo’lida tashlanadigan qadamlar muhokama qilindi.

 

Star gazetasi: “Turkiya havo hududi mahalliy va milliy vositalar bilan nazorat qilinadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo'g'li, turk muhandislari tomonidan ishlab chiqarilgan Turkiyaning birinchi mahalliy va milliy fuqarolik kuzatuv radari muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazilganini va Gaziantep aeroportida xizmatga topshirilganini bildirdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Madaniyat va turizm vaziri Ersoy: 2028-yilda 100 milliard dollarlik daromadga erishamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, turizm bo’yicha ko’rsatgichlar kundan-kunga ortib borayotganiga diqqat qaratib, 2028 yilda sayyohlar soni boʻyicha dunyoda ilk 3 talik qatoridan joy olib, 100 milliard dollar daromad olishni maqsad qilganini aytdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar