Matbuot sharhlari 13.05.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2138778
Matbuot sharhlari 13.05.2024

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an Gretsiya matbuotiga intervyu berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Gretsiyaning “Kathimerini” gazetasiga bergan intervyusida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Gretsiya va Turkiya o'rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratdi.

“Ikki devor orasiga siqilib qolgan ikki davlat munosabatlarini yumshatish va xurofotlar bilan bezatilgan devorlarni buzib tashlash bizning qo'limizda. Biz abadiy tinchlik uchun harakat qilamiz",- dedi Erdo’g’an.

 

Star gazetasi: “Shahzoda Loran: Turkiya o'zimizni qanday yaxshilashimiz mumkinligini ko'rsata oladigan davlat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning Turkiyani mudofaa sanoati sohasida dunyoning eng yaxshilari qatoriga qo'yganini ifoda etgan Belgiya shahzodasi Loran, “Janob Erdo'g'an hozir dunyoning eng yaxshilari qatoriga qo'yilgan qurol sanoatini rivojlantirdi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham Turkiyaning yutuqlarini e’tirof etdi. Turkiya katta salohiyatga ega. Turkiya qolaversa, o'zimizni qanday yaxshilashimiz mumkinligini ko'rsata oladigan davlatdir. Menimcha, Yevropa boshqa davlatlardan ko’p narsa o’rganishi mumkin”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turk asali 11,5 million dollar daromad keltirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada yanvar-aprel davridagi asal eksportidan tushgan daromad 11 million 477 ming 245 dollarga yetdi. AQSh, Germaniya va Ispaniya eng ko'p eksport qilgan davlatlar bo'ldi.

 

Vatan gazetasi: “Bu yil Antaliya 5 yulduzli 812 ta mehmonxona bilan sayyohlarga mezbonlik qiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, bu yil Antaliya 418 tasi 5 yulduzli bo’lib, jami 812 ta mehmonxonada turistlarga xizmat beradi. O'tgan yili 16 milliondan ortiq xorijlik sayyohga mezbonlik qilgan Antaliya bu yil ham yangi rekordga tomon intilmoqda. Ko’rkamli shahar boy va sifatli mehmonxonalari bilan ajralib turadi. Shaharda 812 ta mehmonxona, ulardan 418 tasi 5 yulduzli va 218 tasi 4 yulduzli, 5 va 4 yulduzli kontseptsiyaga ega 46 ta turistik zona faoliyat ko’rsatadi.

 

Xabar turk gazetasi: “Mete Gazoz Yevropa chempioni” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning kamondan o’q otish bo’yicha milliy sportchisi Mete Gazoz Germaniyaning Essen shahrida o'tkazilgan chempionat finalida sloveniyalik raqibi Den Habjan Malavashichni 6:0 hisobida mag'lub etib, Yevropa chempioni bo'ldi. 2020-yilda Olimpiada, 2023-yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan milliy sportchi o’z faoliyatida ilk bor Yevropa chempioni bo‘lish baxtiga muvaffaq bo‘ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar