Matbuot sharhlari 29.11.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2070345
Matbuot sharhlari 29.11.2023

Star gazetasi: BMTXK yig‘ilishi oldidan Erdo‘g‘an muhim uchrashuv o‘tkazdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra mazkur muloqot chog‘ida, “Isroilning G‘azo sektoridagi noqonuniy hujumlariga qarshi xalqaro hamjamiyatdan kutilgan sa’y – harakatlar, insoniy inqirozni hal qilish uchun beriluvchi takliflar va mintaqada butunlay tinchlik o‘rnashi yo‘lidagi chora – tadbirlar”. - qo‘lga olindi.

Hürriyet gazetasi: Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Unda Blinken: “NATO bo‘yicha muhim va qadrli ittifoqimiz bo‘lgan Turkiya bilan tuzgan hamkorligimizdan mamnunman”. – dedi.

Sabah gazetasi: Turk hay’ati G‘azoda. Turkiya tomonidan G‘azoda qurilishi rejalashtirilayotgan dala kasalxonasining texnik - iqtisodiy asoslari ustidan ish olib boruvchi texnik hay’at mintaqaga yetib keldi. Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxona eng qisqa vaqtda foydalanishga topshirilmoqchi.

Vatan gazetasi: Sabiha Go‘kchen aeroporti yettita mukofatga sazovor deb topildi. Aviatsiya sohasida muvaffaqiyatga erishgan loyihalar «Bluesky Awards 2023» mukofati bilan taqdirlandi. Turkiyaning eng yirik ikkinchi aeraporti hisoblangan Sagiha Go‘kchen, «Bluesky Awards» tomonidan bu yil ikkinchi marotaba «Aviatsiya muvaffaqiyati mukofotlari» kategoriyasida «Yilning raqamli aeroporti» deb tanlab olinar ekan, «Aviatsiya loyiha mukofatlari» kategoriyasida oltita loyihasi ustidan hakamlar hay’ati tomonidan mukofatga loyiq deb topildi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida muhim qadam tashlandi. Turkiya va Buyuk Britaniya Erkin savdo bitimi doirasini kengaytirish orqali yangilash maqsadida muzokara o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Ta’kidlanishicha, mavjud kelishuv Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi ortidan dunyoning turli davlatlari bilan imzolagan birinchi erkin savdo shartnomasi bo‘lishi jihatidan muhim o‘ringa ega.



Aloqador xabarlar