Matbuot sharhlari 08.11.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2061828
Matbuot sharhlari 08.11.2023

Hürriyet gazetasi: Kurtulmush: Turkiyaning sa’y – harakatlari zolimni to‘xtatib, mazlumga qo‘l uzatishdir. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush Isroilning Falastinga qarshi uyushtirgan qatliomiga e’tibor qaratar ekan, “Turkiya sifatida bizning sa’y - harakatimiz zolimni to‘xtatib, mazlumlarga qo‘l uzatishdir. Shu bilan birga dunyoning yangi uchinchi urush tomon ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: Turkiya bilan Quvayt o‘rtasida savdo hamkorligi ortmoqda. Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat yilning 10 oyi ma’lumotlariga ko‘ra Turkiyaning Quvaytga bo‘lgan eksporti 575 million dollar, o‘zaro savdo hajmi esa 680 million dollar ekanini qayd etdi. Kecha rasmiy tashrif bilan Quvaytda bo‘lgan Bo‘lat, “O‘zaro muzokaralar, yarmarkalar, xarid delegatsiyasi dasturlari, umumiy savdo hay’atlari va sohaviy savdo hay’atlari dasturlari bilan buni tez sur’atda oshiramiz”. - dedi.

Sabah gazetasi: Turkiyaning birinchi kosmik kemasi qachon tamomlanishi ma’lum bo‘ldi. Milliy kosmik dasturi doirasida Turkiya tashabbusi bilan boshlangan Oy tadqiqot dasturi bilan ishlab chiqilgan birinchi kosmik kemadagi barcha jarayonlar 2026 - yili yakunlanishi va vositaning koinotga uchirilishi rajalashtirilmoqda.

Star gazetasi: Turkiya dunyoning sanoqli davlatlaridan biri. Xalqaro gaz ittifoqi tomonidan, “2023 Jahon suyultirilgan tabiiy gaz (LNG)” hisobotidan toʻplangan maʼlumotlarga koʻra, Turkiya energiya ta’minoti xavfsizligida muhim rol oʻynagan 3 ta suzuvchi saqlash va qayta gazlashtirish bloki (FSRU) bilan mazkur sohada dunyoning yetakchi davlatlari qatoridan o‘rin olmoqda va har biri 28 million kub metr gazlashtirish quvvatiga ega suzuvchi saqlash va qayta gazlashtirish bloki (FSRU) ta’sislari bilan e’tiborlarni o‘ziga qaratmoqda.

Haber Türk gazetasi: 2 oyda 358 million dollarlik findik eksport qilindi. Turkiya 2023 -2024 yilgi findik eksporti mavsumining dastlabki ikki oyida 358 million dollardan ortiq daromad oldi. Nomi tilga olingan davrda 358 million 383 ming 228 dollarga 54 ming 251 tonna findik sotildi.



Aloqador xabarlar