Matbuot sharhlari 01.11.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2058891
Matbuot sharhlari 01.11.2023

Yeni Şafak gazetasi: Isroil insoniyatga qarshi jinoyatga qo‘l urmoqda. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida, “G‘azolik birodarlarimiz 7 - oktabrdan beri vahshiylikka maruz qolmoqdalar. AQSh bilan Yevropa tomonidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri qo‘llab – quvvatlangan Isroil, insoniyatga qarshi jinoyatga qo‘l urmoqda. G‘azolik birodarlarimizga tuhfa qilingan (Turkiya - Falastin) do‘stlik shifoxonasi, Isroil kuchlari tomonidan nishonga olindi. Isroil vahshiyligining oxirgi qurboni bo‘ldi”. – deya gapirdi.

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an: Gepatit A vaktsinasi yurtimizda ishlab chiqariladi. Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada KeyVac vaksina fabrikasining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida, “Asosan xorijdan import qilingan Gepatit A vaksinasi bundan buyon yurimizda ham jahon standartlarida ishlab chiqariladi. Bu orqali, Turkiya ushbu vaksinani eng yuqoi standartda ishlab chiqargan dunyoning to‘rtinchi davlatiga aylanadi”. – dedi.

Sabah gazetasi: Yigirma sakkiz viloyatda qahramonlar amaliyoti. Ichki Ishlar vazirligi koordinatsiyasida Jandarmeriya qo‘mondonligi, «Qahramonlar amaliyoti» doirasida 28 viloyatda PKK terror tashkiloti tomonidan qish oylarida foydalanish maqsadida tayyorlangan g‘or va boshpanalarni yo‘q qildi. Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya, «Terrorga qarshi kurashimiz, oxirgi terrorist ta’sirsiz holga kelgunga qadar qat’iy qaror bilan davom etadi». - dedi.

Star gazetasi: Turk zirxli vositasi do‘st davlatda ham ishlab chiqariladi. Turk mudofaa sanoati mahsuloti «Ejder Yalchin 4X4» taktik g‘ildirakli vosita, Vengriyada «Gidran» degan nom ostida ishlab chiqariladi.

Haber Türk gazetasi: Bundan buyon chet ellik sayyohlar Ayasofiya jome’ masjidiga bepul kira olmaydı. Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso‘y, UNESCO tavsiyasiga ko‘ra 2024 - yilning 15 - yanvaridan e’tiboran, tashrif buyuruvchilarni boshqarish rejasi amalga oshirilishiga e’tibor qaratib, shu sanadan e’tiboran chet ellik sayyohlar Ayasofiyaga bepul kira olmasligini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar