Matbuot sharhlari 25.10.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2055631
Matbuot sharhlari 25.10.2023

Vatan gazetasi: Erdo‘g‘an: Xalqaro hamjamiyat sinovdan yaxshi o‘ta olmayapdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 24 - oktabr kuni BMT kuni va BMT tashkil topishining 78 - yilligi munosabati bilan qilgan murojaatida: “Afsuski, xalqaro hamjamiyat Isroil hukumatining tinch aholini nishonga olgan va chegarani hisobga olmay qo‘l urgan hujumlari oldida sinovdan yaxshi o‘ta olmayapdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an: G‘arbning jimjirtligi G‘azodagi inqirozning avj olishiga yo‘l ochmoqda. Prezident Erdo‘g‘an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatida, Falastin tuproqlariga qarshi namoyish etilgan vahshiylik borgan sari avj olayotgani va tinch aholi o‘limining kundan - kunga ortib borayotganiga e’tibor qaratdi. Erdo‘g‘an, G‘arb davlatlarining jimjirtligi ham G‘azodagi insoniy inqirozning avj olishiga yo‘l ochganini ifoda etdi.

Yeni Şafak gazetasi: Ozarbayjonda Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlarining “Mustafa Kemal Ataturk 2023” mushtarak mashqlari boshlandi. Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi munosabati bilan Ozarbayjonda, Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan uyushtirilgan “Mustafa Kemal Ataturk -  2023” qoʻshma mashgʻulotida Turk “F-16”lari bilan “Bayraktar TB2” insonsiz havo transportidan foydalanildi.

Sabah gazetasi: O‘mer Bo‘lat: Eksportimizning 45 foizi boy davlatlarga amalga oshirilmoqda. Savdo vaziri Oʻmer Boʻlat, dunyoning 200 dan ortiq davlatiga 11 ming 500 xil mahsulot sotyapmiz. Eksportimiz oxirgi 20 yil ichida 7 barobarga ortdi Bu ma’noda eksportimizning 45 foizini rivojlangan, boy davlatlarga amalga oshirmoqdamiz”. – dedi.

Star gazetasi: Turkiyaning madaniy me’rosi “qizil roʻyhatda” himoya qilinadi. Tarixiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan asarlarni himoya qilish va kontrabandaning oldini olishni maqsad qilgan Xalqaro Muzeylar kengashi, qizil roʻyxatni Turkiyaga moslashtirish boʻyicha Antaliyada kelishuv imzoladi.

 



Aloqador xabarlar