Matbuot sharhlari 24.08.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2028651
Matbuot sharhlari 24.08.2023

Yeni Şafak gazetasi: Erdo‘g‘an: Qrimning anneksiya qilib olinishi norasmiydir. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an III Qrim platformasi yetakchilari sammitiga videomurojaat yubordi. Erdo‘g‘an unda, Qrimning (Rossiya tomonidan) anneksiya qilib olinishini tan olmagan Turkiya, buning norasmiy ekanini ilk kundan beri qayd etib kelganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, “Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab – quvvatlashni davom etamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Kurtulmush: Turkiya har doim Kipr Turklarining yonidadir. Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush, “Turkiya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (ShKTR) tan olinishi va mustaqilligi borasida har doim Kipr turklarining yonida bo‘ladi”. - dedi. Kurtulmush, xalqaro maydonda ShKTRning tan olinishi uchun jadal faoliyatni davom ettirishlarini bildirdi.  

Sabah gazetasi: Amerikalik ekspert Turkiya koinot markazida ekanini qayd etdi. Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi muhim tahlil markazlaridan biri hisoblangan Heritage Foundation eksperti Jeyms Karafano buyuk kuchlar raqobatining asosiy jabhasi bo‘lgan G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Afrika, O‘rta yer dengizi, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Hind - Tinch okeani mintaqalarida Turkiya, tinchlik va barqarorlikning tamal toshi ekanini qayd etib, Turkiyaning koinot markazida ekanini ta’kidladi.

Vatan gazetasi: Istanbulda ofis rekordi yangilandi. Istanbul ofis bozoridagi bandlik darajasi 84,9 foizga ko‘tarilib, so‘nggi 10 yilning eng yuqori ko‘rsatkichiga yetdi. Istanbul xalqaro moliya markazining ochilmagan bosqichlari bu yil yakunlanishi va bozorga taxminan 1,5 million kvadrat metr ta’minot qo‘shilishi kutilmoqda.

Hurriyet gazetasi: Turk turizm tarmog‘idagi o‘sish dunyoni ortda qoldiradi. Turkiya turizmda sanoqli davlatlar qatorida bo‘lishni davom ettiradi. Turkiya mehmonxonachilar uyushmasi rahbari Muberra Eresin, “Turkiyaning xizmat ko‘rsatish, ayniqsa turar joy tarmog‘i sifati butun dunyoga ma’lum. Biz xilma-xillik nuqtai nazaridan ham alohida o‘ringa egamiz”. – dedi.



Aloqador xabarlar