Matbuot sharhlari 20.03.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1962239
Matbuot sharhlari 20.03.2023

Yeni Shafak (Şafak) gazetasi: Erdoʻgʻan: “Dunyoga gapi oʻtgan davlatlar qatoridan oʻrin olmoqdamiz”. Prezident Erdoʻgʻan Balikesirning Bandirma tumanida Turkiyaning birinchi bor karbid ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimida nutq soʻzladi. Unda: “Bu qurilish tufayli Turkiya nafaqat bor konining qoʻshilgan qiymatini oshiradi, balki yurtimiz dunyoning eng qattiq uchinchi moddasini ishlab chiqarishda va uni sotishda muhim rol oʻynamoqda. Dunyoga gapi oʻtgan davlatlar qatoridan oʻrin olmoqdamiz”.-dedi.

Star gazetasi: Qora dengiz gazidan ajoyib yangilik. Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Doʻnmez, Qora dengiz gazining ishga tushirilishi bilan bogʻliq: “Aprel oyi oxirida Qora dengiz gazini quruqlikda foydalanishni boshlaymiz”.-dedi.

Haber Turk (Türk) gazetasi: Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi, “Biz sen bilanmiz Turkiya” degan shior ostida xayriya aktsiyasi boshlatdi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan, 6-fevral kuni sodir boʻlgan va oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari ortidan global birdamlik va yordam safarbarligi asosida xalqaro hamjamiyat uchun “Biz sen bilanmiz Turkiya” degan shior ostida xayriya aktsiyasi boshlatildi.

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: CNN Gretsiya: Turkiya muhim masalani isbotladi. CNN Gretsiya, angardan chiqqan va Turkiyaning faxri Milliy qiruvchi samolyotning Afinani xavotirga solishi kerak boʻlgan masala ekanini qayd etar ekan, “Turkiya muhim masalani isbotladi. Mamlakat nima boʻlishidan qat’iy nazar qiruvchi samolyotning prototipini yasashga va uni kamdan-kam davlat erishgan nuqtaga olib chiqishga muvaffaq boʻldi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Sabah gazetasi: Mahalliy avtomobil rekord oʻrnatdi. Mahalliy TOGG avtomobilining birinchi modeli T10X, oldindan buyurtma berish borasida rekord oʻrnatdi. T10X uchun oldindan buyurtma berish ishlari boshlagan dastlabki 24 soat ichida 22 ming 150, 30 soat ichida esa 29 ming talab keldi. Bu orqali 11 yil ichida sotilgan elektromobillar soni (12 303 ta) atigi 24 soat ichida deyarli ikki barobarga ko‘paydi.

 



Aloqador xabarlar