Matbuot sharhlari 13.03.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1958686
Matbuot sharhlari 13.03.2023

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Erdoʻgʻan: Aslo Hatayni yolgʻiz qoʻymaymiz. Erdoʻgʻan olib borilayotgan faoliyatlarni koʻzdan kechirish uchun oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlaridan salbiy ta’sir koʻrgan Hatayning Kirikhan tumaniga bordi va u yerda bergan bayonotida: “Barcha tashkilotimiz bilan ilk kundan beri maydondamiz. Hatayni aslo yolgʻiz qoʻymaymiz”. – dedi. Erdoʻgʻan: “Bugungacha yer silkinishi yuz bergan hududlarda 426 mingta chodir qurdik. Ikki oy ichida 100 ming konteynerni ham ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.  

Yeni Shafak (Yeni Şafak) gazetasi: Chavushoʻgʻlu: Yordam koʻrsatish boʻyicha xalqaro konferentsiya uyushtiriladi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu 6-fevral kuni sodir boʻlgan va oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlarida jabr koʻrganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha xalqaro konferentsiya uyushtirilishini ma’lum qilib, mavzu haqida: “Yevropa ittifoqi bilan davriy rahbar Shvetsiyaning tashabbusi bilan 20-mart haftaning dushanba kuni boʻlib oʻtadi”.-dedi.

Haber Turk (Haber Türk) gazetasi: Yer silkinishida jabr koʻrganlar uchun Pokiston 1200 ta chodir yubordi. Oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari salbiy ta’sir koʻrsatgan mamlakatning 11 viloyati uchun chet eldan insonparvarlik yordamlari kelishni davom etmoqda. Shu doirada Pokistondan mazkur tabiiy ofatda jabr koʻrganlar uchun 1200 kishilik chodir kecha Adanaga yetib keldi.

Star gazetasi: Turkiya F16 borasida ogohlantirdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha bergan bayonotida, Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan boʻlgan oʻtgan F-16 muzokaralari haqida: “Kongress bosqichini kutyapmiz. Umuman olganda konstruktiv muhit mavjud. Bu borada chorasiz emasligimizni, qoʻlimizda bir necha tadbir borligini hamma bilishini istaymiz”.-deya gapirdi.

Sabah gazetasi: Oʻgʻuzhon dunyo chempioni. Qatar poytaxti Doha shahrida otish boʻyicha boʻlib oʻtayotgan jahon kubogi bahslarida turkiyalik milliy sportchi Oʻgʻuzhan Tuzun, oltin medalni qoʻlga kiritdi.   

 



Aloqador xabarlar