Matbuot sharhlari 16.02.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1947172
Matbuot sharhlari 16.02.2023

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya bir yurak bo‘ldi. Turkiya “Asr falokati” yaralarini davolash uchun bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqardi. Telekanallar tomonidan birgalashib uyushtirilgan “Turkiya bir yurak” kampaniyasi orqali yer silkinishida ziyon ko‘rgan yurtdoshlar uchun 115 milliard Turk lirasidan ortiq pul yig‘ildi.

Haber Türk gazetasi: Yordam kampaniyasida rekord qayd etildi. Turkiya qalbini chuqur larzaga solgan, oxirgi asrning eng yirik falokati yuz bergan shu kunlarda mamlakatning barcha telekanallari yordam puli yig‘ish uchun birgalikda dastur uyushtirdi. San’at, ish va sport olami mashhurlari bilan xalq, yer silkinishida ziyon ko‘rganlarga yordam berdi. Eng katta miqdordagi pul yordami 30 milliard lira bilan Markaziy Bank tomonidan amalga oshirildi. Jami 115 milliard 146 million 528 ming lira yig‘ilar ekan ayni vaqtda SMS soni 9 million 10 mingga yetdi.    

Sabah gazetasi: Yangi uylarni qurish ishlari, mart oyida boshlaydi. Epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari o‘n minglab inson umriga zomin bo‘ldi, minglab uy va ishxonani vayron qildi. Butun dunyo tomonidan “Asr falokati” deb ta’riflangan ofat ortidan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning buyrug‘i bilan mintaqada yangi uylarni qurish ishlari kelasi oyda, mart oyida boshlaydi.

Star gazetasi: Ukrainalik guruh tabiiy ofat hududida. Turkiyadagi yer silkinishlari ortidan dunyoning to‘rt burchagidan kelgan guruhlar, tabiiy ofat hududlarida qidiruv - qutqaruv faoliyatlarida ishtirok etmoqda. Shular qatorida ukrainalik guruh rahbari Konstantin Silayev, yordamlari haqida gapirar ekan: “Turkiyaning Rossiya-Ukraina urushida bizga bergan yordamlaridan qanchalik minnatdor ekanimizni ko‘rsata olish uchun qo‘limizdan kelgani shu. Faqatgina kichik minnatdorchilik”. - dedi.  

Hürriyet gazetasi: Armaniston bilan normallashuv jarayoni. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqarada Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan o‘tkazgan mushtarak matbuot anjumanida, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning normallashuvi haqida muhim bayonotlar berdi. Chavusho‘g‘lu unda: “Bu birdamlikni davom ettirishimiz kerak. Janubiy Kavkazda normallashuv jarayoni davom etmoqda”. – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar