Matbuot sharhlari 14.11.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1906124
Matbuot sharhlari 14.11.2022

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an, Istiqlol ko‘chasida sodir bo‘lgan portlash haqida bayonot berdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha bergan bayonotida, Istanbulning Istiqlol ko‘chasida sodir bo‘lgan portlash haqida: “Xalqimiz, Istiqlol ko‘chasida sodir bo‘lgan voqeaning aybdorlari munosib jazosini olishidan xotirjam bo‘lsin”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Suleyman So‘ylu: Hujumchi qo‘lga olindi. Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu, Istanbulning Istiqlol ko‘chasidagi portlashni uyushtirgan hujumchining qo‘lga olinganini ma’lum qildi. So‘ylu mavzu haqida: “Bizga bu azobni ravo ko‘rganlarga, bundan ham battarroq azob chektiruvchi javobimizni yaqinda beramiz”.-dedi.

Vatan gazetasi: “Panja-kalit” amaliyoti orqali 455 terrorist yo‘q qilindi. Turk Qurolli kuchlari “Panja-kalit” amaliyotlari orqali bugungacha 455 terroristni yo‘q qilib, 557 g‘or va terror boshpanasini yer bilan yakson qildi.  

Star gazetasi: Ispaniyaning Türkiye haqidagi qarori. Ispaniya, Türkiye havo mudofaasiga hissa qo‘shish maqsadida yuborgan “Patriot” raketa mudofaa tizimi va mas’ul askarlarining xizmat muddatini 2023-yilning iyun oyiga qadar uzaytirdi. Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Ispaniya Mudofaa vaziri Margarita Robles bilan uchrashib, ittifoq ruhiga mos harakat va yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Haber Türk gazetasi: Tekstil va hom ashyolari tarmog‘idan 8.7 milliard dollarlik eksport. Tekstil va hom moddalari tarmog‘i bu yilning 10 oyida, 8 milliard 720 million dollar bilan rekord darajada eksport yo‘lga qo‘ydi.

 



Aloqador xabarlar