Matbuot sharhlari 21.10.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1896062
Matbuot sharhlari 21.10.2022

Star gazetasi: Erdoʻgʻan, Jabroil tumaniga berilgan ziyonga e’tiroz bildirdi. Prezident Erdoʻgʻan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida, arman ishgʻoli davrida Qorabogʻga yetkazilgan ziyonni nazarda tutgan holda, “Gaaga sudiga olib chiqilib, tovon puli talab qilinishi kerak. Ularni shu yoʻl bilan chorasiz qoldirish lozim”.-dedi.

Vatan gazetasi: Erdoʻgʻan, Türkiye qayta tiklanadigan energiya boʻyicha Yevropada beshinchi oʻringa koʻtarildi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Türkiye qayta tiklanadigan energiya boʻyicha Yevropada beshinchi, dunyoda esa on ikkinchi oʻringa koʻtarilganini qayd etdi.

Sabah gazetasi: Shvetsiya Türkiye haqida bayonot berdi. Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson, yurtining NATO a’zoligi borasida Türkiyening xavotirchiligini bartaraf etish uchun buning shartlarini NATOga a’zo boʻlganidan keyin ham bajarishlarini ta’kidladi.

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Türkiyening ilk milliy elektr avtomobiliga talab ortdi. Türkiyening mahalliy va milliy avtomobili TOGG haqida bayonot bergan Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, TOGG uchun katta talab borligini ma’lum qildi.

Yeni Shafak (Yenişafak) gazetasi: Istanbuldagi aeroportlar 9 oyda yoʻlovchi sonini orttirdi. Bu yilning yanvar oyidan sentabr oyigacha boʻlgan davr mobaynida Istanbul va Sabiha Goʻkchen aeroportidan jami 70 million 124 ming 741 yoʻlovchi sayohat qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar