Matbuot sharhlari 27.09.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1885224
Matbuot sharhlari 27.09.2022

Haber Türk gazetasi: Gretsiya, tengimiz emasdir. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan kecha uyushtirilgan Vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bergan bayonotida, Gretsiyaning Egey dengizidagi harbiy kuchlarining to‘planishiga to‘xtalgan holda, “Afina yetakchiligi ig‘vogarchiliklardan voz kechishi kerak”,-dedi. Prezident Erdo‘g‘an, “Gretsiya hech qanday bizning tengimiz emasdir. Gretsiya yetakchiligi bunga javob beradi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Hulusi Akar, terrorizmga qarshi kurashda qarorli ekanliklarini ta’kidladi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha bergan bayonotida: terrorizmga qarshi kurashning muvaffaqiyatli davom etayotganini ta’kidlagan holda, 2015-yilning 24-iyulidan bugungi kunga qadar 36 ming 143 terrorist yoʻq qilinganini bildirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Chavushoʻgʻlu: Maqsadimiz Putin bilan Zelenskiyni uchrashtirish. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu kecha Yaponiyada bergan bayonotida, “Prezidentimiz (Rejep Tayyip Erdoʻgʻan) (Rossiya Davlat rahbari Vladimir) Putin va (Ukraina Prezidenti Vladimir) Zelenskiy bilan aloqasini davom ettiradi. Maqsadimiz ikkala liderni uchrashtirish va ular ishtirokidagi qarorlar qabul qilinishini ta’minlashdir”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Sabah gazetasi: Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Türkiye iqtisodiyotining rivojlanish prognozini oshirdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Türkiye iqtisodiyotining bu yilgi rivojlanish prognozini 3.7 foizdan 5.4 foizga oshirdi.  

Star gazetasi: Turklar bundan ham sifatlisiga ega. Janubiy Afrika Respublikasi Bosh shtab rahbari general Rudzani Mapvanya, Türkiye bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutayotganliklarini bildirib, “Turk mudofaa sanoati qobiliyatlaridan xabardormiz. Turk mudofaa sanoati eng sifatli platformalarga ega”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar