Matbuot sharhlari 19.09.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1881843
Matbuot sharhlari 19.09.2022

Sabah gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan Nyu-Yorkda muhim bayonotlar berdi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Turk-Amerika Milliy Boshqaruv qoʻmitasida bergan bayonotida, “Amerikalik doʻstlarimizdan PKK-YPG va FETOga qarshi kurashimizda ittifoqchilik ruhiga munosib, hamkorlik ichida harakat qilishlarini kutamiz”.-dedi.

Star gazetasi: Fransuz kanali: Prezident Erdoʻgʻan ustunligining dalili. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sammitida ishtirok etgan liderlar bilan uchrashuv oʻtkazgan lahzalari, dunyo matbuotidan keng oʻrin oldi. Fransiyaning LCI telekanali, Erdo‘g‘anning sammitda ishtirok etgan boshqa davlat rahbarlari bilan boʻlgan suhbati oʻrin olgan fotosuratlarga e’tibor qaratdi. Telekanal dasturi ishtirokchilari, suhbat chogʻida liderlarning Prezident Erdo‘g‘onni qunt qo‘yib tinglayotgani haqidagi fotosuratrni, “Erdoʻg‘an ustunligining dalili”,- degan soʻzlar bilan baholadi.

Hürriyet gazetasi: Qirolicha uchun 8 kunda 1.3 million dona gul yuborildi. Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning vafotidan keyin Türkiyening Antaliya va Isparta shahridan, Britaniyada uyushtirilgan motam va dafn marosimlari dasturlarida foydalanish maqsadida 8 kunda 1 million 310 ming dona chinnigul eksport qilindi.

Haber Türk gazetasi: Qizilolmaning birinchi motor integratsion sinovi amalga oshirildi. Baykar tomonidan ishlab chiqarilgan Türkiyening birinchi Insonsiz urush uchog‘i Bayraktar Qizilelmaning ilk motor integratsion sinovining muvaffaqiyatli ravishda tamomlangani ma’lum qilindi. Bayraktar Qizilelmaning ilk parvozining 2023-yili yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.  

Yeni Şafak gazetasi: Türkiyening ilk ferrobor zavodiga asos solindi. Balikesir viloyatiga qarashli Bandirma tumanida, Türkiyening ilk ferrobor zavodiga asos solindi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 800 tonna bo‘lgan va 100 kishini ish bilan ta’minlovchi zavodning qurilishini boshlatgan Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Do‘nmez, uning, 2023-yil oxirida foydalanishga topshirilishini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar