Matbuot sharhlari 15.09.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1880473
Matbuot sharhlari 15.09.2022

Star gazetasi: Prezident Erdoʻg‘an: Ozarbayjonning yonida ekanimizni butun dunyo bilishi lozim. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Ozarbayjon gʻalabasi bilan yakun topgan urush ortidan erishilgan kelishuvning paymol qilinishini qabul qilish imkonsiz ekanini qayd etdi.  “Ozarbayjonlik qardoshlarimiz yonida ekanimizni butun dunyo bilishi lozim”.-degan Erdoʻgʻan: “Qorabogʻ urushi yakunida qoʻl qoʻyilgan kelishuvning shartlariga amal qilmaganidek, toʻxtamay agresiv munosabatda boʻlgan Armaniston uchun albatta, buning oqibatlari ham boʻladi”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Yapon gazetasidan e’tiborni oʻziga jalb etgan tahlil: Erdoʻgʻandan boshqa choralari yoʻq”. Yaponiyaning eng qadimiy gazetalaridan “Sankei Shimbun”, Türkiyening Rossiya-Ukraina urushida oʻrtaga qoʻygan oʻrtamchilik rolini tahlil qildi. Prezident Erdoʻgʻanning, “oʻrtamchilik” rolini baholagan gazeta, Gʻarbning Türkiyega bel bogʻlashdan boshqa chorasi yoʻqligini ta’kidladi.

Hürriyet gazetasi: Chavushoʻgʻlu: Türkiyening muvaffaqiyatlari Gretsiyani aqldan ozdirmoqda. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, “Türkiyening xalqaro maydondagi oʻrni va muvaffaqiyati Gretsiyani aqldan ozdirmoqda”.-dedi. Shu bois ham toʻxtamay Türkiyeni provokatsiya qilishga intilayotganini ifoda etgan Tashqi ishlar vaziri, Turk uchoqlari signallarining Gretsiya tomonidan bloklab qoʻyilishi buning aniq isboti ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.  

Haber Türk gazetasi: Suleyman Soʻylu Gretsiya bilan Yevropaga keskin munosabat bildirdi. Ichki ishlar vaziri Suleyman Soʻylu, Egey dengizida oʻlimga tark etilgan noqonuniy muhojirlar tufayli Gretsiyaga e’tiroz bildirdi. Ichki ishlar vaziri Soʻylu Mugʻla qirgʻogʻidan uzoq nuqtada jonsiz badanlari topilgan 2 qardoshning tasvirlarini boʻlishib, mavzu haqida: “Lanat boʻlsin insonligimizga. Yevropa bilan Gretsiya, bu qatliomlarning mas’uliyati sizning boʻyningizda”.-dedi.

Sabah gazetasi: Varank: Türkiyeda katta saloyihat bor. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, Türkiye yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi davrida Türkiyening ishlab chiqarishni davom ettirib, markaziy davlatga aylanganini qayd etdi. “Türkiyening qanchalik xavfsiz ekanligini butun dunyoga koʻrsatdik” degan Varank, mamlakatga global brendlarni kiritgan sarmoyalarini tezlashtirishni niyatida ekanliklarini bildirdi. Varank, “Türkiyeda katta salohiyat bor”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar