Matbuot sharhlari 13.09.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1879449
Matbuot sharhlari 13.09.2022

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an: “Kelajagimizni o‘z tarixidan faxrlangan yoshlarga omonat qilishni xohlaymiz. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 2022-2023 o‘quv yilining ochilish dasturida so‘zlagan nutqida: “Zehni va qalbi bosh bekorchi yoshlar emas ilimli, fazilatni yoshlarni istaymiz. Kelajagimizni oʻz davlatiga kin bilan, nafrat va g‘azab bilan qaragan emas, tarixidan faxrlanadigan yoshlarga omonat qilishni xohlaymiz”.-dedi.

Haber Türk gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻlu Gretsiyani ogohlantirdi. Tashqi ishlar vaziri Chavushoʻgʻlu Gretsiyaning oxirgi vaqtlardagi munosabatini, “Gretsiya haligacha tirnashni, tirmalashni davom ettirmoqda. Boshqalari uchun mojaroga kirsangiz, oqibatlariga ham chidaysiz. Bu Gretsiya uchun ogohlantirishdir”.-degan ifodalarga oʻrin berdi. 

Sabah gazetasi: Hulusi Akar “Panja-kalit” amaliyoti haqida bayonot berdi.  Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Iroq shimolida uyushtirilgan Panja-kalit amaliyoti natijasida bugungacha 371 terrorist yoʻq qilinganini ma’lum qildi.

Yeni Şafak gazetasi: Mudofaa sanoati eksporti rekord oʻrnatish arafasida. Mudofaa va aerokosmik tarmogʻi 2022-yili rekord darajaga yetish payida. Yilning 9 oyi yakuni boʻyicha jami tarmoq eksporti oʻtgan yilga nisbatan 42,2 foiz ortib 2 milliard 636 million dollarga etdi.

Star gazetasi: Iyul oyi ishsizlik raqamlari ma’lum qilindi. Türkiyedagi ishsizlik nisbati, iyul oyida iyun oyiga qaraganda 0.3 ball pasayib, 10.1 foiz deb qayd etildi.



Aloqador xabarlar