Matbuot sharhlari 05.09.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1875696
Matbuot sharhlari 05.09.2022

Hürriyet gazetasi: Gretsiyaning Egeydagi yangi provakatsiyasi. Gretsiya tomonidan o‘tgan yili Turk havo sohasi ve quruqlik suvlariga nisbatan jami 1616 paymol va ig‘vogarchilik qayd etilar ekan nomi tilga olingan raqam bu yilning sakkiz oyida 1123 ga yetdi. Turk urush uchoqlarining radar signallari 14 boshqa voqeada 3 ming 372 soniya bloklab qo‘yildi.

Sabah gazetasi: Bosniyalik lider Djaferovich Prezident Erdo‘g‘anga maqtov yog‘dirdi. Bosniya va Gertsegovina Prezidentlik kengashi raisi Sefik Djaferovich, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning 6-sentabr kuni Bosniya va Gersegovinaga uyushtiradigan rasmiy tashrifining ahamiyatiga e’tibor qaratgan holda, “Tashrif, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning ortishi jihatidan muhimdir. Prezident Erdo‘g‘anning Bosniya-Gertsegovina va mintaqaga uyushtirgan har bir tashrifi tinchlantiruvchi va muvozanatlashtiruvchi ta’sirga ega”.-dedi.

Star gazetasi: Turk Mudofaa sanoati Yevropa safarida. Turk Mudofaa sanoati shirkatlari Markaziy va Sharqiy Yevropaning eng yirik harbiy yarmarkasi hisoblangan, "MSPO-2022"da ishtirok etadi. Ertaga, ya’ni 6-sentabrdan 9-sentabrgacha Polshaning Keltse shahrida bo‘lib o‘tadigan yarmarkada Türkiye shu bilan ikkinchi marotaba, “Lider davlat” sifatida o‘rin oladi.

Haber Türk gazetasi: Qoniyada Turk tarixini oydinlatuvchi ajoyib kashfiyot qayd etildi. Qoniyadagi qadimiy Savatra shahrining qazish sohasida birinchi marotaba, Turk tarixining Islom dinini qabul qilishdan oldingi davriga taalluqli “Turk” iborasi o‘rin olgan, runik alifbosi bilan “Turko‘g‘lu” deb yozilgan yozuv topildi. Milloddan keyingi 10-11 asrga oid ushbu yozuvning 1071-yildan oldin Anado‘luda turklarning bor ekanini isbot etish kuchiga ega ekani qayd etildi.

Yeni Şafak gazetasi: Pamukkalega tashrif buyurganlar sonida 64 foizlik ortish kuzatildi. UNESKOning Jahon merosi ro‘yxatida o‘rin olgan Pamukkaleda, 8 oy davomida tashrif buyurganlar soni o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 64 foizga ortib, 1 million 285 ming 990 nafarga yetdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar