Matbuot sharhlari 07.04.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1808813
Matbuot sharhlari 07.04.2022

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘andan bayonotlar. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha bergan bayonotida, terrorni mamlakat chegarasidan butunlay yoʻq qilish nuqtasiga olib kelganliklariga e’tibor qaratdi. Erdoʻgʻan, Türkiyening bugungi kunda vertolyot eksport qilish kuchiga ega ekanini va shu doirada kecha, Filippinga ATAK vertolyoti yetkazib berilganini yodga soldi.

Sabah gazetasi: Chavushoʻgʻlu: Ukraina va Rossiya oʻrtasida yangi muzokaralar uyushtirilishini kutyapmiz. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, “Rossiya va Ukraina oʻrtasida yana-da koʻproq muzokara oʻtkazilishi va ortidan kelishuvni boshlatish uchun tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi yigʻilishlarni kutyapmiz”.-dedi.

Star gazetasi: Italiya Tashqi ishlar vaziri: Türkiye biz uchun doʻst davlatdir. Ichki Ishlar vaziri Suleyman Soʻylu kecha Italiya Tashqi ishlar vaziri Lusianna Lamorgese yetakchiligidagi hay’at bilan uchrashdi. Unda Lamorgese, “Koʻp jihatdan hamkorlik qildik. Bu faqatgina kasbiy ma’noda emas, butun insoniy mavzularda ham anchadan beri faoliyat olib bormoqdamiz. Türkiye biz uchun doʻst davlatdir”.-deya gapirdi.

Yeni Şafak gazetasi: TOGGning 1.6 kilometrlik sinovi tamomlandi. Türkiyening mahalliy elektr avtomobili TOGG, ijtimoiy tarmoq hisobidan kecha bergan bayonotida, “Gemlikdagi korxonamizda 1.6 kilometrlik sinov tamomlandi. Yuqori tezlik, buzilgan yoʻl, maxsus manevra kabi turli ehtiyojlar uchun tayyorlangan yoʻlak, mahsulot ishlab chiqarish va sifat jarayonlarida foydalaniladi”.-deyildi.

Haber Türk gazetasi: Kon sanoati eksporti ilk chorakda 1.5 milliard dollardan oshdi. Türkiyening kon mahsulotlari eksporti bu yilning ilk choragida 2021-yilning huddi shu davriga nisbatan 25.9 foizga ortgan holda 1 milliard 527 million 312 ming dollarga yetdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar