Matbuot sharhlari 24.03.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1801272
Matbuot sharhlari 24.03.2022

Habertürk gazetasi: Montryo konvensiyasiga ehtiyotkorlik bilan amal qilinadi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida bo‘lib o‘tgan Milliy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi ortidan berilgan bayonotda: “Turkiyaning Qora dengiz tinchligi va barqarorligi uchun Montryo konventsiyasiga bo‘ysunishi bilan bir qatorda o‘rtamchilik qilib, qulaylashtirish sa’y-harakatlarini davom ettirishi qayd etildi”.-deyildi.

Vatan gazetasi: Nimadir qila oladigan yagona davlat Turkiyadir. Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ruttening 10 yil ortidan Anqaraga uyushtirgan tashrifi Niderlandiya matbuotida keng o‘rin oldi. Niderlandiya matbuoti, Turkiyaning Ukrainada davom etayotgan urushning to‘xtatilishi uchun alohida rol o‘ynashiga e’tibor qaratar ekan gazetalarda, “Turkiya Ukraina masalasida nimadir qila oladigan yagona NATO davlatidir. Til topishtirish vazifasi Erdo‘g‘anga judayam yarashmoqda”.-deyildi.   

Yeni Şafak gazetasi: Yevropada beshinchi o‘rindamiz. Qayta tiklanadigan energiyada o‘rnatilgan quvvat jihatidan Yevropada beshinchi, dunyoda o‘n ikkinchi o‘rinni egallagan Turkiya, quyosh energiyasida o‘rnatilgan quvvat bo‘yicha Yevropada sakkizinchi, dunyoda esa o‘n oltinchi o‘rinda.

Star gazetasi: Yevropa ittifoqidan Turkiyaga 430 million yevrolik yordam tayyorgarligi. Yevropa ittifoqi Turkiyadagi qishloq xo‘jaligi va taraqqiyoti dasturlariga atab 2027-yilgacha jami 430 million yevrolik yordam beradi.  

Hürriyet gazetasi: Turkiya EURO 2028 mezbonligi uchun nomzod. Turkiya futbol federatsiyasi, 2028-yili futbol bo‘yicha Yevropa chempionati final bosqichining Turkiyada o‘tkazilishi uchun UEFAga rasmiy nomzodlik arizasini topshirganini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar