Matbuot sharhlari 04.03.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1789815
Matbuot sharhlari 04.03.2022

Vatan gazetasi: Erdo‘g‘an: Turkiya kuchli bo‘lishga majburdir. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning siyosati, iqtisodiyoti, harbiy va ijtimoiy tuzilishi jihatidan kuchli bo‘lishi kerakligini qayd etdi. Erdo‘g‘an: “Mintaqamizdagi hech qaysi hodisa, hech qaysi inqiroz Turkiyadan mustaqil emasligi inkor etib boʻlmas haqiqatdir”,-dedi. Erdoʻgʻan, Rossiya-Ukraina urushini misol keltirgan holda, “Bulardan saboq olib, yo‘limizni davom ettiramiz”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Chavusho‘g‘lu: Tinch aholi uchun maxsus yo‘lak tashkil etish qaroridan mamnunmiz. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda Ukrainadagi oxirgi vaziyat qo‘lga olindi. Chavusho‘g‘lu, Rossiya va Ukraina hay’atlarining tinch aholini evakuatsiya qilish uchun mintaqaviy darajada bo‘lsa ham maxsus yo‘lak tashkil etish masalasida kelishib olinganidan qanchalik mamnun ekanliklarini ta’kidladi. Chavusho‘g‘lu, bu yo‘lak bir tomondan insonlarni evakuatsiya qilishga, ikkinchi tomondan esa hududlarga insonparvarlik yordami yetkazib berish uchun xizmat qilishini ifoda etdi.

Haber Türk gazetasi: Kalin: Urush vaqtida ham haddimizdan oshmaylik. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Twitter sahifasi orqali bergan bayonotida,  rus insoni va madaniyatini chetga surmay Rossiyaning noto‘g‘ri siyosatini tanqid qilish, hech kimning provakatsiyasiga uchmay, Ukraina mustaqilligini himoya qilish mumkinligini bildirdi. Kalin, “Urush paytida ham haddimizdan oshmaylik”.-dedi.

Sabah gazetasi: Ikki tomon bilan ham ko‘risha olgan davlat Turkiyadir. Hozirda nafaqada bo‘lgan Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtabining Razvedka boshqarmasi rahbari general-leytenant Ismail Hakki Pekin, Turkiyaning Rossiya va Ukraina bilan ko‘risha olgan yagona davlat ekaniga e’tibor qaratib, “Turkiya ikki tomon o‘rtasida katta strategik ahamiyatga egadir. Taranglikni kamaytirishda buyuk mas’uliyatimiz bor”.-dedi. Pekin, Turkiya havo hududidan tashqari boshqa hamma havo sohalarining Rossiya uchun yopiq bo‘lishi ham, Turkiyani muzokaralar uchun oldinga olib chiqishi mumkinligini qayd etdi.

Star gazetasi: Liviyadan Turkiyaga minnatdorchilik. Liviyaning Misrata shahridagi harbiy ta’lim bitiruvchilari uchun tantanali marosim uyushtirildi. Marosimda bitiruvchilardan tashqari tanklar va ular orasida Turkiyada ishlab chiqarilgan va “Kirpi” deb nomlangan zirhli quriqlik vositasi ham ishtirok etgan harbiy transportlar orqali parad bo‘lib o‘tdi. Liviya Bosh shtab boshlig‘i general Muhammed Ali Haddad, harbiylarning ta’lim olishida qo‘shgan hissasi uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.  

 

 



Aloqador xabarlar