Matbuot sharhlari 11.06.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1656105
Matbuot sharhlari 11.06.2021

Hürriyet gazetasi: Erdogan Bayden bilan amalga oshiriladigan uchrashuvida 9 moddani qolga oladi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muhim 9 modda kun tartibiga olib chiqiladi. Yuzma - yuz amalga oshiriladigan uchrashuvda Fetullahchi terror tashkilotiga (FETO) qarshi kurashda aniq bir qadam va PKK/ YPG terror tashkilotiga berilgan yordamning to‘xtatilishi talab qilinadi. F - 35 harbiy uchoqlari bilan S - 400 zenit raketa tizimlari masalasi bilan Suriya, Liviya, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Tog‘li Qorabog‘ va 100 milliard dollarlik savdo rejalari muhokama qilinadi.

Yeni Şafak gazetasi: Bayden yetakchiligi Turkiyaga qarshi yangi fikrlar yaratishi kerak. Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi AQSh Prezidenti Jo Bayden yetakchiligining Turkiya siyosatining qanday bo‘lishi kerakligi haqida maqola chop etdi. Unda Turkiyaning, ham AQShning eng muhim ittifoqchilaridan biri ekani ham da (til topishish jihati nazarda tutilgan holda) murakkab davlat ekani ta’kidlandi. Shunday ekan Bayden yetakchiligining Turkiyaga qarshi yangi fikrlar yaratishi kerakligi taklif qilinar ekan ayni vaqtda “Anqaraning tashqi siyosati yana - da mustaqil bo‘lishni davom etadi”. - deyildi.

Star gazetasi: Makron: Prezident Erdogan bilan bir - birimizni korishga ehtiyojimiz bor”. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, NATO sammiti doirasida ham shaxsining ham da Prezident Erdo‘g‘anning uchrashuv o‘tkazish istagida ekanini ifoda etgan holda, “Bu yaxshi narsa. Bir - birimizni ko‘rishimiz kerak”. - dedi.  Makronning ta’kidlashicha, Prezident Erdo‘g‘an bilan hamfikr bo‘lmasalar ham gaplashishlari va buni davom ettirishlari lozim.

Haber Tur gazetasik: Yevropa import qilgan organik qishloq xojaligi mahsulotlarining 7 foizi Turkiyadan eksport qilinmoqda. Turkiya organik qishloq xo‘jaligi mahsuloti bo‘yicha dunyoda 18 - o‘rinda. Turkiya 8 mahsulot bilan boshlagan organik dehqonchilik faoliyatini o‘tgan yildan e’tiboran 235 mahsulotga chiqarar ekan Yevropa import qilgan mahsulotlarning 7 foizini qondirish kuchiga ega bo‘ldi. Organik qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyatlari o‘tgan yili, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi shartlariga qaramay 1.6 million tonnani tashkil etdi.

Vatan gazetasi: Agrida oltin zaxiralari topildi. Ag‘rida 20 tonna oltin zaxirasi aniqlandi. Viloyatda ikki yil ichida 3 - 3,5 tonna oltin ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Mavzuga doir bayonot bergan sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, “Ag‘rida olib borilgan va uzoq davom etgan qidiruv faoliyatlari natijasida, bozor qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etgan 20 tonna oltin va 2.8 milliard dollar qiymatiga ega 3,5 tonna kumush zaxirasi topildi”. - dedi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar