Matbuot sharhlari 06.05.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1635064
Matbuot sharhlari 06.05.2021

Sabah gazetasi: Erdogan: Gretsiya igvogar tusdagi harakatlarini davom ettirmoqda. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Angela Merkel bilan videoanjuman orqali uchrashdi. Erdo‘g‘anning Merkel bilan bo‘lgan uchrashuvida, Egey dengizida muhojirlarga o‘tkazgan zulmi va Turkiyani nishonga olgan ig‘vogar tusdagi harakatlarini davom ettirgan Gretsiya ogohlantirildi.  

Haber Türk gazetasi: Liviya Turkiya bilan tuzgan shartnomaga sodiq. Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba, mamlakatining Turkiya bilan tuzgan “Dengiz yurisdiktsiyalarini cheklash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi” borasida Gretsiya bilan ayni fikrda emasligini qayd etdi. Unga sodiq qolishlarini bildirgan Dibayba, “Liviyaliklarning manfaatiga xizmat qilgan bu shartnomadan voz kechmaymiz”. - dedi.

Hürriyet gazetasi: ShKTR Prezidenti Ersin Tatar yurttoshlarini birlik va birdamliklarini himoya qilishga chaqirdi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar, Kiprda mustaqil tenglikka tayangan takliflarining e’tiborlarni o‘ziga jalb etganini belgilab o‘tgan holda, “Grek qismining ShKTRga, turk xalqi va shaxsimga qarshi katta amaliyot boshlatganiga guvoh bo‘lyapmiz”. - dedi. Ersin Tatar, “Yurttoshlarimni har qanday provakatsiya bilan provokativ tusdagi xabarlarga qarshi e’tiborli bo‘lishga, birlik va birdamligimizni himoya qilishga chaqiraman. Hech shubhasiz, yana - da farovon kelajakka birgalikda erishamiz”. - dedi.

Star gazetasi: Yevropa ittifoqi yigilishida Turkiya muhim iz qoldirdi. Yevropa ittifoqi vakili Oliver Varxeyli, Yevropa ittifoqi tomonidan Albaniyaga yuborilgan vaksinalarning poytaxt Tirandagi topshirish marosimida, Bosh vazir Edi Rama bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Anjuman chog‘ida Turk havo yo‘llariga (THY) oid yo‘lovchi uchog‘i uchoq yo‘lagida ilgarilay boshladi. Ikkala lider THYning nomini takrorlagan holda tabassum qildi. Telekanallarda tuz efir orqali berilgan tasvirlar qisqa vaqtda ijtimoiy tarmoqda bir necha marotaba bo‘lishildi unda, “Bolqonlarga qaratilgan Turk tashqi siyosatini bundan yana - da yaxshiroq namoyon ettirilishi imkonsiz”. - degan izholar qoldirildi.

Vatan gazetasi: Fransiyada milliy futbolchi Burak Yilmaz aprel oyining oyinchisi deb tan olindi. Fransiyaning Lilleda jamoasida forma kiygan milliy futbolchi Burak Yilmaz, jamoasining aprel oyidagi futbolchisi deb tan olindi. 35 yoshidagi forvet, aprel oyida o‘ynagan 4 ta musobaqada 3 ta gol urdi. Burak Yilmaz, jamoasining dekabr oyidagi futbolchisi deb ham tanlangandi. Ligue 1 da bu mavsum ishtirok etgan 25 ta musobaqada jami 13 ta gol qayd etgan Burak Yilmaz, jamoaning eng ko‘p gol urgan o‘yinchisi hisoblanadi.



Aloqador xabarlar