Matbuot sharhlari 02.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1613345
Matbuot sharhlari 02.04.2021

Star gazetasi: Turkiya buning kuchli qahramoni. Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus Turkiyaga maqtov yog‘dirdi va Turkiyaning 2021 - yilning Xalqaro Tibbiy xodimlar yili bo‘lishining “Kuchli qahramoni” ekanini ifoda etdi. Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja ham taklif qilingan yig‘ilishda Ghebreyesus, Turkiyada pandemiyaning murakkab bir davrida tibbiy xodimlarining emlanishidan xursand bo‘lganini ham bildirdi. Turkiya qilgan taklif ustidan JSST 2021 - yilni, “Tibbiy xodimlar yili” deb e’lon qildi.

Hürriyet gazetasi: Ikkala mamlakat ortasida yangi davr. Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida vizasiz rejim protokoli kecha kuchga kirdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ham, “Jon Ozarbayjon bilan bundan buyon faqatgina ID - karta orqali sayohat qilish mumkin. Yurttoshlarimiz va ozarbayjonlik qardoshlarimiz uchun xayrli bo‘lsin”. - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Mart oyida yuqori eksportga erishildi. Savdo vaziri Ruxsor Pekjan, “Mart oyidagi eksport 2020 - yilning huddi shu oyiga nisbatan 42.2 foizga ortgan holda 18 milliard 985 million dollarga yetdi. Bu orqali eng yuqori oylik eksport raqami qayd etildi”. - dedi.  

Haber Türk gazetasi: Turk avtomobil tashabbuskor guruhiga mashhur dizayn lideri. Turk avtomobil tashabbuskor guruhi (TOGG), Volkswagen va Mercedesning sobiq bosh dizayneri Murat Gunakning dizayn lideri sifatida guruhiga qo‘shilganini ma’lum qildi.

Sabah gazetasi: THY bir kunda ortacha 755 qatnov orqali Yevropadagi liderligini saqlab qoldi. Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkilotining  (EUROCONTROL), 31 - mart kungi qatnov hisobotiga ko‘ra Turk Havo yo‘llari (THY) bir kunda o‘rtacha 755 qatnov yo‘lga qo‘ygan va bu orqali yevropalik raqiblarini ortda qoldirgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar